Ummon《Aybim》(FLAC/MP3-320K)无损下载

下载地址

  • 2023-08-26 17:21  发布

Qanchalar og`ir kechar ichimdagi dard,

Qanchalar ma’yus kuzatarman qarab.

Qanchalar baxtli edik sen bilan,

Yuz burib ketding, aytgin kimlar bilan?

Meni o`ylamading ham, yolg`izginam,

Gullarda shabnam, ko`zlarimda nam.

Qilarkan alam, qaytmasliging bilib,

Muzlaydi tanam, ezaverar g`am.

Aybim – seni yaqin bilganim,

Aybim – jondan aziz suyganim,

Aybim – hamon kecholmaganim,

Aybim…

Bilaman, aybim – umrim xazon bo`lgani,

Aybim – yillar bejiz ketgani,

Aybing – soxta bo`lib ketganing,

Aybing, bu sening aybing.

O`tardi kunlar kezib darbadar,

Yosh to`la tunlar uyqusiz o`tar.

Eski xotiralar yuragimni tilar,

Nafis bu iforing kimga, ayt, taralar?

Ozori o`tdi jonimdan, xayolimdan,

Har bir onimdan, kechib jonimdan.

Sevgandim seni ichimdan to`lib,

Kuydirding meni, o`tlarga qo`yib.

Aybim – seni yaqin bilganim,

Aybim – jondan aziz suyganim,

Aybim – hamon kecholmaganim,

Aybim… (bu mening aybim)

Bilaman, aybim – umrim xazon bo`lgani,

Aybim – yillar bejiz ketgani,

Aybing – soxta bo`lib ketganing,

Aybing, bu sening aybing.

下载地址

点击下载, 即可下载"Ummon《Aybim》(FLAC/MP3-320K) "。

按 ESC 关闭搜索